<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Bilmayin bosdim Q16</title>
<lyrics>[V1]
 Bilmayin bosdim tikanni
 Tortadurman jabrini
 // Bilganimda bosmas edim,
 Tortmas edim jabrini. //

[V2]
 Hayotda men koʻp adashdim,
 Topa olmasdan yoʻlimni.
 // Birodaru, yoru doʻstlar,
 Tashlab ketdilar meni. //

[V3]
 Yolgʻiz qoldim keng bu olam,
 Boʻlib qoldi menga tor.
 // Qayga borishni bilmayin,
 Izlab qoldim madadkor. //

[V4]
 Rabbim soʻzini eshitib,
 Bordim men shu yoʻl tomon.
 // Xudo haqqi bunday yoʻlni,
 Koʻrmagandim hech qachon. //

[V5]
 Endi har kun men Rabbimni,
 Quchogʻida boʻlaman.
 Uning Soʻzin, nasihatin,
 Xalqimga yetkazaman.

[V6]
 Birodaru, yoru doʻstlar,
 Kelinglar shu yoʻl tomon.
 // Bu qoʻshiqni sizlar uchun,
 Kuylamoqdaman hamon. //</lyrics>
<hymn_number>16</hymn_number>
</song>